Oʻzbekistondan dunyoga

Taʼlim konsaltingi: universitet tanlashdan vizagacha EduPort by VisaTime har bir qadamda yoningizda.

8 ta hamkor universitet: London, Edinburg, Belfast va boshqa shaharlar.

Diplom sari yoʻlni birga bosib oʻtamiz

EduPort — taʼlim konsalting kompaniyasi. Chet elda oʻqimoqchi boʻlgan talabalarga mos universitetni tanlash, hujjatlarni tayyorlash, grant izlash va vizani rasmiylashtirishda yordam beramiz. Bugun Buyuk Britaniya va Avstraliyadagi 20 dan ortiq hamkor universitet bilan ishlaymiz.

Hamkor universitetlar

Buyuk Britaniya

8 ta hamkor universitet: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya. Sizga mos universitet va dasturni maslahatda birga tanlaymiz.

  • Bangor University kampusi

    Bangor University

    Bangor, Uels

  • Edinburgh Napier University kampusi

    Edinburgh Napier University

    Edinburg, Shotlandiya

  • University of Dundee kampusi

    University of Dundee

    Dandi, Shotlandiya

  • University of Bradford kampusi

    University of Bradford

    Bradford, Angliya

  • University of Greenwich kampusi

    University of Greenwich

    London, Angliya

  • University of Kent kampusi

    University of Kent

    Kenterberi, Angliya

  • Ulster University kampusi

    Ulster University

    Belfast, Shimoliy Irlandiya

  • Sheffield Hallam University kampusi

    Sheffield Hallam University

    Sheffild, Angliya

Chet elda hayot

Oʻqish bu faqat darslar emas. Yangi shahar, yangi doʻstlar, yangi madaniyat va diplom bilan qaytgan ishonch.

Quyosh botayotganda qalpoqlarini osmonga otayotgan bitiruvchilar

Diplom kuni

Xalqaro diplom: dunyoning istalgan joyida ish va keyingi oʻqish uchun ochiq eshik.

EduPort: maqsadingizga mos dastur va universitetni tanlashdan boshlaymiz.

Malta universitetida birinchi kurs talabalari haftaligi

Campus hayoti

Klublar, sport, tadbirlar va birinchi haftadanoq paydo boʻladigan doʻstlar.

EduPort: universitet va shaharni tanlashda campus hayotini ham hisobga olamiz.

Oksforddagi Bridge of Sighs koʻprigi

Yangi madaniyat

Yangi shahar, til va anʼanalar. Dunyoqarash kengayadi, mustaqillik ortadi.

EduPort: yoʻlga chiqishdan oldin yangi davlatdagi hayot boʻyicha maslahat beramiz.

Zamonaviy universitet kutubxonasida oʻqiyotgan talabalar

Zamonaviy taʼlim

Kutubxonalar, laboratoriyalar va amaliyotga yoʻnaltirilgan darslar.

EduPort: ariza, tarjima va motivatsion xatni talabga mos tayyorlaymiz.

Sayohatda suratga tushayotgan ikki doʻst

Almashinuv dasturlari

Koʻp universitetlarda boshqa davlatda semestr oʻqish va amaliyot (internship) imkoniyati bor.

EduPort: almashinuv semestri bor dasturlarni tanlashda yordam beramiz.

Aeroport ustidan uchib oʻtayotgan samolyot

Yoʻlga chiqish

Turar joy, chipta va birinchi kunlar: uchishdan oldin hammasini birga rejalashtiramiz.

EduPort: vizani VisaTime jamoasi olib boradi, turar joy va chipta boʻyicha maslahat beramiz.

Tanlovdan uchishgacha

Beshta bekat. Har birida nima boʻlishini oldindan bilasiz.

  1. Tanlov

    Ballaringiz, tilingiz, maqsadingizga qarab davlat, universitet va dasturni tanlaymiz.

  2. Hujjatlar

    Tarjima, motivatsion xat va ariza paketi: hammasini talabga mos tayyorlaymiz.

  3. Qabul

    Arizalarni topshiramiz, universitet bilan yozishmalarni kuzatamiz va taklif xatini (offer) olamiz.

  4. Viza

    Viza hujjatlari va intervyuga tayyorlovni VisaTime jamoasi olib boradi.

  5. Uchish

    Yoʻlga chiqishdan oldin turar joy, chipta va birinchi kunlar boʻyicha maslahat beramiz.

Nega EduPort?

Viza: oʻz jamoamizda

EduPort VisaTimeʼning taʼlim yoʻnalishi. Viza bosqichini viza bilan kundalik ishlaydigan jamoa olib boradi.

Hamkorlik tajribasi

Avval taʼlim konsalting firmalari bilan hamkorlik qilganmiz. Bugun Buyuk Britaniya va Avstraliyadagi hamkor universitetlar bilan ishlaymiz.

Halol vaʼda

Qabul, grant yoki vizani kafolatlamaymiz. Har bir imkoniyatni siz bilan ochiq koʻrib chiqamiz.

Maslahat olish uchun qoʻngʻiroq qiling